Abstrak
Tezisda fotoelektrotermik qurilma sovitish modulining COMSOL Multiphysics 6.2 dasturidagi sonli hisob natijalari to‘liq o‘lchamli qurilmani tabiiy sharoitda sinash ma’lumotlari bilan solishtirilgan. Sonli model va tajriba sharoitlari bir-biridan sezilarli farq qilgani sababli taqqoslash energiya balansi va orqa yo‘nalishdagi termik qarshiliklarni tarkibiy qismlarga ajratish orqali bajarildi. Sonli hisob issiqlik almashtirgichning o‘zi kiritadigan qarshilik 3,4·10⁻³ m²·K/W dan oshmasligini, tajriba esa orqa yo‘nalishdagi umumiy qarshilik qariyb 65·10⁻³ m²·K/W ekanini ko‘rsatdi. Farqning asosiy qismi modul va almashtirgich orasidagi tutashuv qatlamiga to‘g‘ri kelishi, uni bartaraf etish esa suvning qizishini 1,75 baravargacha oshirishi mumkinligi aniqlandi.
##submission.citations##
1. Sadullaev N., Nematov Sh., Soliyeva Z., Nematova Z. A review of the prospects for implementing cooling technologies in the efficient use of photovoltaic modules in the climatic conditions of the Republic of Uzbekistan // AIP Conference Proceedings. – 2025. – Vol. 3331. – P. 050016. – DOI: 10.1063/5.0305902.
2. Rasool I.N., Abdullah R.S. Experimental study of PV panel performance using backside water cooling chamber // International Journal of Energy Production and Management. – 2023. – Vol. 8, № 2. – P. 89–95. – DOI: 10.18280/ijepm.080205.
3. COMSOL Multiphysics® v. 6.2. Heat Transfer Module User’s Guide. – Stockholm: COMSOL AB, 2023.
4. Bergman T.L., Lavine A.S., Incropera F.P., DeWitt D.P. Fundamentals of Heat and Mass Transfer. – 7th ed. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2011.
5. Shah R.K., London A.L. Laminar Flow Forced Convection in Ducts. – New York: Academic Press, 1978.
6. Duffie J.A., Beckman W.A. Solar Engineering of Thermal Processes. – 4th ed. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2013.