Аннотация
Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’limda o‘quv-biluv faoliyatini samarali tashkil etishning pedagogik, psixologik va metodik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va motivatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillar ilmiy-pedagogik adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning bilish faolligini rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Milliy o‘quv dasturi. – Toshkent, 2022.
3. Vygotskiy L.S. Tafakkur va nutq. – Moskva: Pedagogika, 1999.
4. Piaget J. The Psychology of Intelligence. – London: Routledge, 2001.
5. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003.