HAKIM TERMIZIY SO‘Z MA’NOLARINI SHARHLASHDA ISLOMNING BIRLAMCHI MANBALARIGA ASOSLANISHI
PDF

Keywords

Hakim Termiziy
Qur’oni karim
hadisi sharif
semantika
sinonimlar
leksik tafovut
intertekstual yondashuv
majoziy tafakkur
islom manbalari
arab tilshunosligi

How to Cite

HAKIM TERMIZIY SO‘Z MA’NOLARINI SHARHLASHDA ISLOMNING BIRLAMCHI MANBALARIGA ASOSLANISHI. (2025). ZA’MONAVIY TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING AMALIY YECHIMLARI: KONFERENSIYA MATERIALLARI, 1(3), 97-101. https://insightpublishing.uz/zti/article/view/559

Abstract

Ushbu tezisda alloma Hakim Termiziyning so‘z ma’nolarini sharhlashdagi yondashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Termiziy o‘z asarlarida, xususan, “al-Furuq va man‘u-t-taroduf” hamda “Tahsil nazoir al-Qur’on” nomli manbalarida Qur’oni karim va hadisi shariflarga asoslanib, leksemalarning semantik tafovutlarini izohlashdagi o‘ziga xos metodini qo‘llagani yoritiladi.

Alloma sinonim deya qaralgan so‘zlar orasidagi nozik ma’no farqlarini ochib berishda islomning birlamchi manbalari – Qur’on oyatlari va hadis matnlariga tayanadi. U “الانتصار” va “الانتقام”, “المفاتشة” va “المراء” kabi so‘z juftliklarini tahlil etish jarayonida oyat va hadislarni dalil sifatida keltirib, semantik differensiyani diniy-axloqiy asosda tushuntiradi. Hakim Termiziyning Qur’oni karim va hadisi shariflardan foydalanish usuli, uning tahlil va sharhlarida intertekstual yondashuv, tasavvufiy tafakkur va lingvistik tahlil uyg‘unligi asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, alloma so‘z ma’nolarini sharhlashda lug‘aviy tahlildan tashqari, ma’naviy-ruhiy qatlamni ham qamrab olgan semantik-falsafiy metodni qo‘llaganligi aniqlanadi

PDF

References

Rasulov T. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksikologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1984. – 224 b.

Normurodov Yo. Sinonimlar semantikasi va uslubiyati. – Toshkent: Fan, 1993. – 200 b.

At-Termiziy, al-Hakim Muhammad ibn Ali. Al-Furuq va man’-u-taroduf. M.Juyushiy nashrga tayyorlagan. Qohira: Iymon nashriyoti, 2005. – 328 b.

At-Termiziy, al-Hakim Muhammad ibn Ali, Tahsil nazoir al-Qur’on. – Qohira: Dor al-kutub va al-vasoiq al-Misriya. ب Inv. № 19516/1. – 176 b.

At-Termiziy, al-Hakim Muhammad ibn Ali. Tahsil nazoir al-Qur’on.–Iskandariya. Maktaba baladiya al-Iskandariya. Qo‘lyozma. Inv. № 3585/11. – 159 b.

Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit. Al-Fiqh al-akbar/S.M.Oltinxon To‘ra tarj. – Toshkent: Adolat, 2003. – 65 b.

Ahmad Abdurrahmon. Al-Fath ar-Rabboniy li-tartibi Musnadi al-Imom Ahmad. – Qohira: Dor ihyo at-turos al-arabiy. Nashr yili ko‘rsatilmagan. –T. 3.