Abstract
Ushbu tezisda arab tilidagi nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash, minnatdorchilik bildirish hamda murojaat shakllari misolida arab tilidagi muloqot madaniyati yoritiladi. Nutqiy etiket arab jamiyatida nafaqat aloqa vositasi, balki diniy, axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarni ifodalovchi muhim tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot davomida arab va o‘zbek tillaridagi etikеt birliklari o‘rtasida o‘xshashlik va farqlar aniqlanib, ularning madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati asoslab beriladi
References
Mirzaev, O. (2019). Islom madaniyati va Arab tilidagi nutqiy etiket. Toshkent: Fan va Texnologiya nashriyoti.
Karimov, A. (2018). Arab tilida nutq madaniyati va etiketing ifodalanishi. Toshkent: O‘zbek tili va adabiyoti nashriyoti.
Salimov, M. (2021). Arab tilidagi muloqot va nutqiy etiketing o‘rni. Ilmiy jurnal, 5(3), 45-52.
Ahmadova, N. (2020). Nutqiy etiket va uning Arab tilidagi ifodalanishi. Toshkent: Universitet nashriyoti.