Abstract
Mazkur tezis ingliz va o‘zbek badiiy tarjimalarida frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari hamda ularni boshqa til va madaniyat muhitida qayta yaratish usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Frazeologik birliklar tarkibida xalqning tarixiy tajribasi, turmush tarzi, qadriyatlari, milliy obrazlari va assotsiativ tasavvurlari mujassam bo‘lgani sababli ularning tarjimasi oddiy lug‘aviy almashtirish bilan cheklanmaydi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning semantik va pragmatik yukini aniqlash, ingliz va o‘zbek tillaridagi funksional moslik darajasini belgilash hamda tarjimada ekvivalent, analog, tavsifiy tarjima va kompensatsiya kabi usullarning imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, tarjimonning lingvomadaniy vositachilik roli va frazeologik birliklarning badiiy obrazlilikni saqlashdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Natijalar ingliz-o‘zbek badiiy tarjimasida milliy kolorit va kommunikativ ta’sirni saqlash uchun kontekstual hamda funksional yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983.
2. Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2005.
3. G‘afurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. – Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012.
4. Ochilov E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: ToshDSHI, 2012.
5. Rahimov G‘. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: darslik-majmua. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2016.
6. Sirojiddinov Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2011.
7. Omonova M.Sh. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Zebo Prints, 2023.
8. Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. 3rd ed. – London: Routledge, 2018.
9. Fernando C. Idioms and Idiomaticity. – Oxford: Oxford University Press, 1996.
10. Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall, 1988.
11. Nida E.A. Toward a Science of Translating. – Leiden: Brill, 1964.
12. Venuti L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. 3rd ed. – New York: Routledge, 2018.