Abstract
Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish jarayonida eksperimentlardan foydalanishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Fizika fanining empirik xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini tajriba va amaliy faoliyat bilan bog‘lashning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Fizik eksperimentlarning o‘quvchilarda kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, tahlil qilish, mustaqil fikrlash va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslangan. Shuningdek, namoyishli tajribalar, frontal va individual laboratoriya ishlari, guruhli faoliyat hamda virtual laboratoriya va kompyuter simulyatsiyalaridan foydalanishning metodik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida 2025–2026-o‘quv yilida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari tahlil qilingan. Olingan natijalar eksperimentlarga asoslangan metodikadan foydalanish o‘quvchilarning fizika fanidan o‘zlashtirish sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatgan.
References
1. Turdiyev N.Sh. Fizika. 10-sinf darslik. – Toshkent, 2017. – 178 b.
2. Turdiyev N.Sh. Fizika. 11-sinf darslik. – Toshkent: “NISO POLIGRAF”, 2018. – 192 b.
3. Turdiyev N.Sh. Fizika. 8-sinf uchun darslik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2016.
4. Xushvaqtov O‘.N. Fizik praktikum. – Toshkent: “Zuxra baraka biznes”, 2024. – 348 b.
5. Xushvaqtov O‘.N. Umumiy fizika (Mexanikadan laboratoriya ishlari). – “GlobeEdit”, 2025. – 188 b.
6. Xushvaqtov O‘.N. Mexanikadan laboratoriya ishlari to‘plami. – Toshkent: “Zuxra baraka biznes”, 2024. – 238 b.
7. Xushvaqtov O‘.N. Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari to‘plami (Mexanika). – Toshkent: “Zuxra baraka biznes”, 2024. – 128 b.
8. Ochilov A.A. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishda eksperimentlardan foydalanish metodikasi. Magistrlik dissertatsiyasi. – Toshkent, 2026.