Abstract
Maqolada XX asrning ikkinchi yarmida Qarshi shahridagi iqtisodiy jarayonlar va ishlab chiqarishning holati tahlil qilingan. Urushdan keyingi yillarda oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari faoliyati, davlat rejalarining bajarilishi, savdo, energetika va qurilish sohalaridagi o‘zgarishlar yoritilgan. Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishning shahar iqtisodiyotiga ta’siri, yangi sanoat korxonalarining tashkil etilishi hamda ishlab chiqarishni markazlashgan tarzda rejalashtirish oqibatida yuzaga kelgan muammolar – mahsulot sifatining pastligi, kadrlar qo‘nimsizligi, sanoatning bir tomonlama rivojlanishi ochib berilgan.