Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek arbainchilik an’anasida onalar obrazining badiiy-g‘oyaviy talqini o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy obyekti Alisher Navoiyning “Arba’in” asarida hadis mazmunining she’riy talqin qilinishi va unda ona maqomining yuksak ma’naviy qadriyat sifatida ifodalanishidir. Xususan, “Jannat onalarning oyog‘i ostidadir” mazmunidagi hadisning Navoiy ijodidagi badiiy talqini tahlil qilinib, unda ona mehr-muhabbati, farzandning ota-onaga hurmati, xizmat va sadoqat kabi axloqiy tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, Jomiy va Navoiy talqinlari qiyosida hadis mazmunining poetik qayta yaratilishi, ona obrazining ramziy va tarbiyaviy funksiyasi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida arbainchilikda ona obrazi biologik yoki oilaviy munosabat doirasidagi timsol bo‘lib qolmay, insonning ma’naviy kamoloti, ezgulik va savobga eltuvchi yo‘lni ifodalovchi yuksak axloqiy timsol sifatida shakllangani asoslanadi.
References
1. Navoiy, A. Arba’in // To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 10-jild. – Toshkent, 2011.
2. Eshniyazova, M. Alisher Navoiyning “Arba’in” asaridagi hadislar bayonida g‘oyaviy-badiiy ifoda mukammalligi // Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. – 2024.
3. Nematullayeva, M. Alisher Navoiyning “Arba’in” asaridagi qit’alarda sahih hadislarning badiiy talqini // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali. – 2026.
4. Yusupova, D. Turkiy adabiyotda arba’innavislik an’anasi: Alisher Navoiy va Muslihiddin Mustafo Axtariy “Arba’in”lari misolida // Oltin bitiglar – Golden Scripts. – 2023.
5. Dehqonov, A. Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy faoliyati // Oltin bitiglar – Golden Scripts. – 2020.