Abstract
Mazkur tezis nofilologik ta’lim muassasalarining yuridik yo‘nalishlarida fransuz tilining kasbiy leksikasini samarali o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda huquqshunoslik ta’limi jarayonida talabalarning umumiy kommunikativ kompetensiyasi bilan bir qatorda, yuridik terminlarni fransuz tilida anglash, qo‘llash va kasbiy vaziyatlarda ulardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim, kommunikativ, kontekstual, muammoli va topshiriqqa asoslangan metodlardan foydalanishning imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yuridik terminologiyani o‘zlashtirishda autentik huquqiy matnlar, sud jarayonlari, shartnomalar, normativ-huquqiy hujjatlar va kasbiy dialoglardan foydalanish samarali vosita sifatida asoslanadi. Tadqiqot natijasida yuridik yo‘nalish talabalariga fransuz tilining kasbiy leksikasini o‘rgatish uchun bosqichma-bosqich metodik model taklif etiladi.
References
1. Conseil de l’Europe. Évaluer par les tâches les langues à fins spécifiques à l’université: un guide. Strasbourg, 2012.
2. Conseil de l’Europe. Cadre européen commun de référence pour les langues: apprendre, enseigner, évaluer. Strasbourg.
3. Mangiante J.-M., Parpette C. Le français sur objectif spécifique: de l’analyse des besoins à l’élaboration d’un cours. Paris: Hachette.
4. Lehmann D. Objectifs spécifiques en langue étrangère. Paris: Hachette.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qarori. Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.