Abstract
Mazkur tezisda G‘arb va Sharq Uyg‘onish davri adabiyotining shakllanishi, rivojlanishi va estetik-g‘oyaviy xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Uyg‘onish davri Sharq va G‘arb xalqlari madaniy hayotida inson shaxsiga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi, ilm-fan va ma’rifatning qadrlanishi, badiiy tafakkurning yangilanishi bilan xarakterlanadi. Tadqiqotda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Firdavsiy kabi Sharq mutafakkirlari hamda Dante, Petrarka, Bokkachcho, Shekspir singari G‘arb adabiyoti vakillarining ijodida uchraydigan mushtarak jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, insonparvarlik, ilm-ma’rifat, komil inson g‘oyasi, tabiat va hayotga yangicha munosabat, antik merosga murojaat hamda individual shaxs obrazining kuchayishi kabi umumiy xususiyatlar yoritiladi.
References
1. Navoiy, A. Mukammal asarlar to‘plami. – Toshkent: Fan, 1987–2003.
2. Navoiy, A. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011.
3. Jomiy, A. Bahoriston. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997.
4. Firdavsiy, A. Shohnoma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975.
5. Burckhardt, J. The Civilization of the Renaissance in Italy. – Oxford: Oxford University Press, 1990.