ZAMONAVIY BOSQICHDA TURKIYADAGI MILLIY OZCHILIKLARNING MUAMMOLAR
PDF

Keywords

Turkiya, milliy ozchiliklar, kurdlar, armanlar, alaviylar, etnik identitet, ona tili, madaniy huquqlar, siyosiy vakillik, inson huquqlari

How to Cite

ZAMONAVIY BOSQICHDA TURKIYADAGI MILLIY OZCHILIKLARNING MUAMMOLAR. (2026). ZA’MONAVIY TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING AMALIY YECHIMLARI: KONFERENSIYA MATERIALLARI, 2(8), 957-960. https://insightpublishing.uz/zti/article/view/2416

Abstract

Mazkur tezisda zamonaviy bosqichda Turkiya Respublikasida yashovchi milliy va diniy ozchiliklarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy, lingvistik hamda huquqiy muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda, avvalo, kurdlar, armanlar, yunonlar, suriyaliklar, lo‘lilar (Roma), arablar, lazlar va boshqa etnik guruhlarning jamiyatdagi o‘rni hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, kurdlarning ona tilidan foydalanish, siyosiy vakillik, madaniy identitetni saqlash va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish bilan bog‘liq muammolari alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy ozchiliklar, xususan, alaviylar va xristian jamoalarining diniy erkinligi hamda institutsional tan olinishi masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy davrda terrorizmga qarshi kurash va milliy xavfsizlik siyosati bilan ozchiliklarning siyosiy va fuqarolik huquqlari o‘rtasidagi muvozanat masalasi ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda Turkiya parlamentida tashkil etilgan Milliy birdamlik, birodarlik va demokratiya komissiyasi ushbu masalalarni huquqiy va siyosiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish uchun yangi imkoniyat sifatida namoyon bo‘ldi.

PDF

References

1. Human Rights Watch. World Report 2026: Türkiye. New York, 2026.

2. Human Rights Watch. World Report 2025: Türkiye. New York, 2025.

3. Human Rights Watch; Turkey Human Rights Litigation Support Project; International Commission of Jurists. Advancing Human Rights, Justice and Democracy for Kurds and All Other Communities in Türkiye. 2025.

4. Human Rights Watch. Türkiye: Justice Reforms Central to Fair, Durable Peace. 2025.

5. Human Rights Watch. Protesting as a Terrorist Offense: The Arbitrary Use of Terrorism Laws to Prosecute and Incarcerate Demonstrators in Turkey.