Abstract
Mazkur tezisda terminlarning adekvat tarjimasi masalasi lingvistik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Ilmiy-texnik, iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va axborot texnologiyalari sohalarida qo‘llaniladigan terminlarni boshqa tilga tarjima qilishda ularning mazmuniy aniqligi, funksional xususiyati va sohaga oid semantik yuklamasini saqlash muhimligi yoritiladi. Termin tarjimasida ekvivalentlik va adekvatlik tushunchalarining o‘zaro munosabati, tarjima usullarining o‘rni, milliy terminologik tizimning xususiyatlari hamda tarjimonning lingvistik va ekstralingvistik bilimlari tahlil qilinadi. Shuningdek, terminlarni kalkalash, transliteratsiya, transkripsiya, tavsifiy tarjima va funksional ekvivalentdan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari termin tarjimasida faqat lug‘aviy moslikka emas, balki kontekst, kommunikativ vazifa va sohaviy mazmunga ham e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. – London: Routledge, 2018.
2. Nida E.A., Taber C.R. The Theory and Practice of Translation. – Leiden: Brill, 2003.
3. Vinay J.-P., Darbelnet J. Comparative Stylistics of French and English: A Methodology for Translation. – Amsterdam: John Benjamins, 1995.
4. Cabré M.T. Terminology: Theory, Methods and Applications. – Amsterdam: John Benjamins, 1999.
5. Sager J.C. A Practical Course in Terminology Processing. – Amsterdam: John Benjamins, 1990.