Abstract
Mazkur ilmiy tezisda tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida “Ilm yo‘li” variativ dasturidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda 6–7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligi jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutqiy-kommunikativ, bilish va ijodiy rivojlanish yo‘nalishlari asosida tahlil qilinadi. “Ilm yo‘li” dasturining bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish, faoliyatga asoslangan ta’limni tashkil etish, o‘yin va amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, dastur asosida tayyorlov guruhlarida interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar va rivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llashning pedagogik shartlari ko‘rib chiqiladi.
References
1. Grosheva I.V., Say E.F., Mirjalilova S.S., Medvedeva N.I. “Ilm yo‘li” variativ dastur. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash. Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 27-martdagi 54-son buyrug‘i. “Ilm yo‘li” variativ dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. Toshkent.
4. Babayeva G.R. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda “Ilm yo‘li” variativ dasturining ahamiyati. Образование, наука и инновационные идеи в мире.
5. Abdullayeva D.S. “Ilm yo‘li” variativ dasturiy ta’minoti orqali bolalarini maktab ta’limiga sifatli tayyorlashning metodik tizimi. Образование, наука и инновационные идеи в мире.