Abstract
Mazkur tezisda raqamli texnologiyalarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etilishi sharoitida yuzaga kelayotgan kiberkorrupsiya hodisasining huquqiy tabiati, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu turdagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Kiberkorrupsiya an’anaviy korrupsion xatti-harakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ma’lumotlar, raqamli davlat xizmatlari, elektron davlat xaridlari va axborot tizimlaridan foydalanish orqali sodir etiladigan shakllari bilan bog‘liq murakkab hodisa sifatida qaraladi. Tadqiqotda kiberkorrupsiyani kvalifikatsiya qilish, jinoyat subyektini aniqlash, elektron dalillarni to‘plash va baholash, korrupsiyaviy maqsad bilan kiberjinoyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni isbotlash kabi muammolar yoritiladi. Shuningdek, jinoyat-huquqiy va kriminalistik choralarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni, 2017-yil 3-yanvar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni, 2019-yil 27-may.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni, 2020-yil 29-iyun.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son Qarori, 2021-yil 6-iyul.