Abstract
Mazkur tezisda ilk o‘spirinlik davrida tengdoshlar tomonidan qabul qilinish ehtiyojining psixologik xususiyatlari, uning shaxsning emotsional holati, o‘z-o‘zini baholashi, ijtimoiy moslashuvi va shaxslararo munosabatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Ilk o‘spirinlik davrida shaxsning ijtimoiy mavqei, tengdoshlari orasidagi o‘rni va boshqalar tomonidan tan olinishi muhim psixologik ehtiyoj sifatida namoyon bo‘ladi. Tengdoshlar tomonidan qabul qilinish o‘spirinning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlasa, rad etilish yoki ijtimoiy chetlanish holatlari yolg‘izlik, xavotir, o‘z-o‘zini past baholash va ijtimoiy faollikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda ushbu ehtiyojning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik va ijtimoiy omillar, shuningdek, ta’lim muhitida o‘spirinlarning ijobiy ijtimoiy moslashuvini ta’minlash imkoniyatlari yoritiladi.
References
1. Harter, S. (1999). The Construction of the Self: A Developmental Perspective. New York: Guilford Press.
2. Brown, B. B., & Larson, J. (2009). Peer relationships in adolescence. In R. M. Lerner & L. Steinberg (Eds.), Handbook of Adolescent Psychology. Hoboken: Wiley.
3. Rubin, K. H., Bukowski, W., & Laursen, B. (2009). Handbook of Peer Interactions, Relationships, and Groups. New York: Guilford Press.
4. Steinberg, L. (2014). Age of Opportunity: Lessons from the New Science of Adolescence. Boston: Houghton Mifflin Harcourt.
5. Bandura, A. (1986). Social Foundations of Thought and Action: A Social Cognitive Theory. Englewood Cliffs: Prentice-Hall.