Abstract
Mazkur tezisda yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda Content and Language Integrated Learning (CLIL) yondashuvining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. CLIL yondashuvida fan mazmuni va xorijiy tilni birgalikda o‘qitish orqali o‘quvchilarning autentik nutqni anglash, asosiy va ikkilamchi ma’lumotlarni ajratish, kontekst asosida yangi so‘zlarning ma’nosini aniqlash hamda eshitilgan axborotni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Tadqiqotda tinglab tushunish faoliyatini tashkil etishning bosqichlari, autentik audio va video materiallardan foydalanish, vizual tayanchlar, guruhli topshiriqlar hamda refleksiv baholash usullarining samaradorligi yoritiladi. CLIL asosidagi tinglab tushunish mashg‘ulotlari o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, akademik lug‘at boyligi, tanqidiy fikrlashi va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslanadi.
References
1. Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. CLIL: Content and Language Integrated Learning. Cambridge: Cambridge University Press, 2010.
2. Dalton-Puffer, C. Discourse in Content and Language Integrated Learning (CLIL) Classrooms. Amsterdam: John Benjamins, 2007.
3. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge: Cambridge University Press, 2014.
4. Brown, H. D. Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy. New York: Pearson Education, 2007.
5. Nation, I. S. P., & Newton, J. Teaching ESL/EFL Listening and Speaking. New York: Routledge, 2009.