NEMIS TILIDAGI «DOCH» MODAL PARTIKELINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
PDF

Keywords

Abtönungspartikel, Modalpartikel, doch, pragmatika, pragmatik funksiya, kommunikativ vazifa, nemis tili, badiiy matn, Der Vorleser.

How to Cite

NEMIS TILIDAGI «DOCH» MODAL PARTIKELINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI. (2026). ZA’MONAVIY TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING AMALIY YECHIMLARI: KONFERENSIYA MATERIALLARI, 2(8), 771-775. https://insightpublishing.uz/zti/article/view/2304

Abstract

Ushbu maqolada nemis tilidagi „doch“ modal partikelining pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi „doch“ partikeli orqali so‘zlovchining kommunikativ munosabati, suhbatdoshning taxminlari va umumiy bilimiga bo‘lgan munosabat hamda nutqiy harakatning ifodalanish usullarini aniqlashdan iborat. Modal partikellar nemis tilida gapning mazmunini bevosita o‘zgartirmasdan, so‘zlovchining voqea-hodisaga va suhbatdoshga munosabatini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Leibniz-Institut für Deutsche Sprache ma’lumotlariga ko‘ra, Abtönungspartikellar (modal partikellar) kommunikativ vaziyatda ishtirokchilarning kutishlari va munosabatlarini ifodalab, gapni muayyan kommunikativ kontekstga bog‘laydi. Maqolada „doch“ning nazariy jihatlari yoritilib, uning badiiy matndagi pragmatik qo‘llanishlari Bernhard Schlinkning “Der Vorleser” asari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida „doch“ning turli kommunikativ vazifalari, jumladan, qarama-qarshilikni ta’kidlash, suhbatdoshning fikriga ta’sir ko‘rsatish, hayrat yoki e’tirozni ifodalash hamda undash kabi funksiyalari aniqlanadi. Misollar tahlili orqali „doch“ning faqat grammatik birlik emas, balki kommunikativ ma’noni nozik tarzda shakllantiruvchi pragmatik vosita ekanligi ko‘rsatiladi.

PDF

References

1.Schlink, B. (1995). Der Vorleser. Zürich: Diogenes Verlag.

2.Dudenredaktion. Duden – Die Grammatik: Unentbehrlich für richtiges Deutsch.

Berlin: Dudenverlag.

3.Helbig, G. (1994). Lexikon deutscher Partikeln. Leipzig: Langenscheidt/Verlag Enzyklopädie.

4.Weydt, H. (Hrsg.) (1979). Die Partikeln der deutschen Sprache. Berlin/New York: de Gruyter.

5.Thurmair, M. (1989). Modalpartikeln und ihre Kombinationen. Tübingen: Niemeyer.

6.Zifonun, G., Hoffmann, L., & Strecker, B. (1997). Grammatik der deutschen Sprache. Berlin/New York: de Gruyter.

6.Leibniz-Institut für Deutsche Sprache (IDS). Grammatisches Informationssystem grammis: Abtönungspartikeln. Mannheim.