Abstract
Mazkur tezisda ta’lim jarayonini optimallashtirish masalasining matematik modeli ishlab chiqilib, o‘quv jarayonida mavjud vaqt, o‘qituvchi mehnati, o‘quv-metodik resurslar va ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari tadqiq etiladi. Ta’lim jarayonining natijadorligini baholashda o‘quvchilarning bilim darajasi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, mustaqil ta’lim faolligi hamda ajratilgan resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlik matematik funksiyalar orqali ifodalanadi. Optimallashtirish masalasi maqsad funksiyasini maksimal yoki minimal qiymatga keltirish hamda vaqt, resurs va pedagogik cheklovlar sharoitida optimal o‘qitish parametrlarini aniqlashga asoslanadi. Modelni tadqiq etishda chiziqli va nochiziqli dasturlash, gradient usuli, chekli ayirmalar usuli hamda iteratsion hisoblash yondashuvlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Taklif etilgan model ta’lim jarayonini raqamlashtirish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirish uchun matematik asos yaratadi.
References
1. Allaire, G. (2007). Numerical Analysis and Optimization: An Introduction to Mathematical Modelling and Numerical Simulation. Oxford University Press.
2. Meerschaert, M. M. (2013). Mathematical Modeling (4th ed.). Academic Press/Elsevier.
3. O‘zbekiston Respublikasi. (2020). “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonun. Toshkent.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmon. Toshkent.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020). “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmon. Toshkent.