Abstract
Mazkur tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy dunyoqarashini rivojlantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni va pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Unda milliy qadriyatlarning yosh avlod ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi o‘rni, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy va shaxsiy fazilatlarini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Milliy qadriyatlar xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari, an’analari, tili, madaniyati, ma’naviy merosi va axloqiy qarashlarini o‘zida mujassam etishi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, mas’uliyat, insonparvarlik va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi asoslangan. Shuningdek, oliy pedagogik ta’lim jarayonida milliy qadriyatlardan samarali foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va metodik yondashuvlari ko‘rib chiqilgan.
References
1. Ibn Sino, A. Donishnoma. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
2. Navoiy, A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.
3. Avloniy, A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi.
4. Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
5. Yo‘ldoshev, J. G‘., Hasanov, S. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent.
6. Azizxo‘jayeva, N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya.
7. Tolipov, O‘. Q., Usmonboeva, M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan.