BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTEGRATIV O‘QITISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR NUTQIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING MAVJUD HOLATI
PDF

Keywords

boshlang‘ich ta’lim, ona tili, integrativ o‘qitish, nutqiy ko‘nikma, kommunikativ kompetensiya, tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish, fanlararo integratsiya, pedagogik yondashuv, ta’lim sifati

How to Cite

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTEGRATIV O‘QITISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR NUTQIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING MAVJUD HOLATI. (2026). ZA’MONAVIY TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING AMALIY YECHIMLARI: KONFERENSIYA MATERIALLARI, 2(8), 603-606. https://insightpublishing.uz/zti/article/view/2210

Abstract

Mazkur tadqiqotda boshlang‘ich sinf ona tili darslarida integrativ o‘qitish asosida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning mavjud holati tahlil qilinadi. Unda ona tili ta’limini boshqa fanlar bilan o‘zaro integratsiyalash, o‘quvchilarning tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, integrativ yondashuvning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot davomida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishning amaldagi holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar tahlil etilgan. Integrativ o‘qitishdan samarali foydalanish o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini faollashtirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti. Toshkent.

2. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan milliy o‘quv dasturi. Toshkent.

3. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Fan va texnologiya.

4. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent.

5. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. Toshkent: Fan.