Abstract
Ushbu tezisda o‘zbek bolalar folklorining bolaning ijtimoiylashuvi, axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirishi va jamoaviy munosabatlarga moslashishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Bolalar folklori o‘yin, qo‘shiq, sanama, topishmoq, tez aytish, alla va boshqa janrlar orqali bolaning jamiyatdagi xulq-atvor me’yorlarini tabiiy ravishda o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda folklorning kommunikativ, tarbiyaviy, rekreativ, ijtimoiy-regulyativ va madaniy-xotiraviy funksiyalari aniqlanadi. Ayniqsa, sanamalar va o‘yin folklorining jamoaviy tartibni shakllantirishdagi roli, topishmoq va tez aytishlarning kognitiv rivojlanishga ta’siri hamda alla va erkalatmalarning oilaviy qadriyatlarni uzatishdagi ahamiyati ochib beriladi.