Abstract
Mazkur tadqiqotda harbiy xizmatchilarga ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy pedagogik usullari, ularning nazariy asoslari va harbiy ta’lim tizimidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda xalqaro harbiy hamkorlik, ko‘p millatli mashg‘ulotlar, tinchlikparvarlik faoliyati, xorijiy harbiy adabiyotlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish harbiy xizmatchilardan ingliz tilida samarali muloqot qila olishni talab etmoqda. Adabiyotlar tahlili harbiy ingliz tili alohida kasbiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan til ta’limi sohasi ekanini va o‘qitish mazmuni tinglovchilarning xizmat vazifalari hamda kommunikativ ehtiyojlariga moslashtirilishi lozimligini ko‘rsatadi. Tadqiqot va muhokama qismida mazkur metodlarning afzalliklari, o‘zaro integratsiyasi, mavjud muammolar va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llari yoritiladi. Maqola yakunida harbiy xizmatchilar uchun ingliz tili ta’limining samaradorligini oshirishga doir metodik xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqiladi
References
1. Siegela, A., Vance, M., & Nilsson, D. Military English language education: a scoping review of 30 years of research. Innovation in Language Learning and Teaching, 2025, 19(5), 433–451.
2. Abdurazakova, S. New Communicative Methods in Military English Teaching. ACTA NUUz, 2024, 1(1.8.1), 50–52.
3. Baxtiyorova, S. Language teaching methods for integrating general and specific terminology in the military field. The Lingua Spectrum.
4. Jonáková, S., Šikolová, M., & Veselá, M. Aspects Influencing ESP Syllabus Design in Lifelong Military Education. International Journal of Learning, Teaching and Educational Research, 2022, 21(4).
5. Turaeva, N. N. The usage of media content technology in teaching of Military English. International Journal on Integrated Education, 2021, 4(3).