Abstract
Mazkur tezisda raqamli axborot muhitining talaba-yoshlar shaxsini shakllantirishdagi o‘rni, ularning liderlik qobiliyati, tarixiy tafakkuri hamda mafkuraviy immunitetini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan.