Abstract
Mazkur tezisda isiriq o‘simligi (Peganum harmala L.) tarkibidagi alkaloidlarning miqdori va ularning ekologik omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishi yoritiladi. Isiriq tarkibida garmalin, garmin, peganin, dezoksipeganin kabi biologik faol alkaloidlar mavjud bo‘lib, ularning to‘planish darajasi o‘simlikning o‘sish sharoiti, tuproq tarkibi, namlik, yorug‘lik, harorat hamda fenologik bosqichlariga bevosita bog‘liqdir. Tadqiqotlarda isiriqning yer ustki qismi va urug‘ida alkaloidlar miqdori boshqa organlarga nisbatan yuqoriroq ekani qayd etilgan. Shu bois mazkur o‘simlikning kimyoviy tarkibini ekologik omillar bilan bog‘liq holda o‘rganish farmatsevtika va fitokimyo uchun muhim ahamiyatga ega.
References
1. Tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar // ZiyoNET elektron axborot-ta'lim portali. – URL: https://api.ziyonet.uz
2. Isiriq o‘simligi va uning dorivorlik xususiyatlari // InLibrary ilmiy elektron kutubxonasi. – URL: https://inlibrary.uz
3. Dorivor isiriq (Peganum harmala) o‘simligi o‘ziga xos xususiyatlari // E-Conference Series. – URL: https://econferenceseries.com
4. Isiriq — qadim dardlarga zamonaviy davo // Ilmiy-ommabop maqola. – Toshkent, 2023.