Abstract
Maqolada O‘zbekistonning boy nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash, rivojlantirish va xalqaro miqyosda targ‘ib etishda YUNESKO bilan olib borilayotgan samarali hamkorlik aloqalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillik yillarida milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish, xalq og‘zaki ijodi an’analarini qo‘llab-quvvatlash hamda baxshichilik san’atini tiklash va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan Xalqaro baxshichilik festivali faoliyati, uning tashkil etilish tarixi, maqsad va vazifalari hamda o‘tkazilish jarayonlari yoritib beriladi. Tadqiqotda mazkur festivalning baxshichilik san’atini asrash, yosh avlodga yetkazish, turli xalqlar o‘rtasida madaniy muloqotni rivojlantirish va O‘zbekistonning madaniy salohiyatini jahon hamjamiyatiga namoyish etishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, festivalning YUNESKO tamoyillari asosida nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va targ‘ib etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Mavzuni yoritishda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlar hamda davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.04.2018 yildagi 304-son. // https://lex.uz/uz/docs/-3711930
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.11.2018 yildagi 946-son. // https://lex.uz/uz/docs/-4072873
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.05.2019 yildagi PQ-4320-son. // https://lex.uz/uz/docs/-4380951
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.09.2019 yildagi 798-son. // https://lex.uz/uz/docs/-4527168
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.04.2021 yildagi PQ-5070-son. // https://lex.uz/uz/docs/-5366217
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.04.2021 yildagi 228-son. // https://lex.uz/uz/docs/-5382906
7. Termiz shahrida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. // Xalq so‘zi 2019-yil 11-aprel.
8. Xalq so‘zi 2019-yil 5-aprel. // Bebaho qadriyatlar tarannumi
9. II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga // Xalq so‘zi 2021-yil 18-sentyabr.
