Abstract
Mazkur tezisda talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda loyiha va muammoli ta’lim metodlarining samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Tadqiqot davomida loyiha ta’limining talabalarda mustaqillik, ijodkorlik, hamkorlik va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, muammoli ta’lim metodining tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari loyiha va muammoli ta’lim metodlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatdi
References
1. Avliyakulov, N. X., & Musayeva, N. N. (2022). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Fan va texnologiyalar.
2. Ishmuhamedov, R. J., Abduqodirov, A. A., & Pardaev, A. (2021). Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Iste’dod.
3. Tolipov, O‘. Q., & Usmonboyeva, M. H. (2023). Pedagogik texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslari. Toshkent: Tafakkur.
4. Muslimov, N. A., Usmonboyeva, M. H., Sayfurov, D. M., & To‘rayev, A. B. (2022). Innovatsion ta’lim texnologiyalari. Toshkent: Voris-nashriyot.
5. Azizxo‘jayeva, N. N. (2021). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: O‘qituvchi.
6. Xodjayev, B. X. (2023). Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: Sano-standart.
7. Yuldashev, J. G., & Usmonov, S. A. (2022). Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari. Toshkent: Mumtoz so‘z.
8. Sharipov, Sh. S. (2021). Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik asoslari. Toshkent: Tafakkur.
9. Egamberdiyeva, N. M. (2023). Oliy ta’lim pedagogikasi. Toshkent: Innovatsiya-Ziyo.
10. Hasanboyev, J., To‘raqulov, X., Haydarov, M., & Hasanboyeva, O. (2022). Pedagogika. Toshkent: Fan va texnologiyalar.