Abstract
Mazkur ilmiy tezisda o‘t yo‘llarining yaxshi sifatli strikturalarini davolashda endoskopik va laparoskopik usullarning qiyosiy samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida bemorlarda klinik natijalar, operatsiyadan keyingi asoratlar, reabilitatsiya davomiyligi hamda uzoq muddatli klinik samaradorlik tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, endoskopik usullar kam invazivligi va tez tiklanish imkoniyati bilan ustunlik qilsa, laparoskopik rekonstruktiv operatsiyalar uzoq muddatli natijalarda barqarorroq klinik samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, benign biliyer strikturalarni davolashda individual yondashuv va to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatildi.
References
1. Blumgart L.H. Surgery of the Liver, Biliary Tract and Pancreas. Elsevier, 2022.
2. Strasberg S.M. Biliary injury and management in laparoscopic surgery. Journal of Hepatobiliary Surgery, 2020.
3. Karimov Sh.I. Gepatobiliar xirurgiya asoslari. Toshkent, 2021.
4. Ahmedov S.N. O‘t yo‘llari kasalliklarida miniinvaziv usullar. Jarrohlik amaliyoti jurnali, 2023.
5. Begmatov O‘.X. Laparoskopik xirurgiyaning klinik natijalari. Tibbiyot axborotnomasi, 2022.