Abstract
Zamonaviy globallashuv va tizim dasturlari asosida ta’limning gumanistik shaklini saqlab qolish, talabalarda hissiy intellekt va kasbiy refleksiyani rivojlantirish pedagogik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. An’anaviy adabiyot o‘qitish metodikasi ko‘p sharoitda faqat kognitiv bilish jarayonlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, pedagogik faoliyatning asosi bo‘lmish empatik muloqot va neyro-estetik idrok masalalari e’tibordan chetda qolmoqda. Shu bois, neyropedagogik yondashuvlar asosida talabalarning refleksiv-empatik kompetentligini rivojlantirishni takomillashtirish zarur.