Abstract
Ushbu tezisda hududlar kesimida aholini sportga jalb etish darajasini kompleks baholashga qaratilgan reyting va benchmark (taqqoslash) tizimini shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot doirasida sport infratuzilmasi rivojlanganligi, aholining jismoniy faollik darajasi, sport tadbirlari intensivligi, malakali mutaxassislar salohiyati hamda yuqori sport natijalari kabi asosiy indikatorlar tizimi ishlab chiqildi. Ushbu indikatorlar asosida integral baholash modeli taklif etilib, hududlar o‘rtasidagi farqlar aniqlanadi hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish imkoniyatlari asoslanadi. Tadqiqot natijalari sport sohasida strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish, resurslarni samarali taqsimlash va hududlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. De Bosscher V., Shibli S., Westerbeek H., Van Bottenburg M. (2015). Sports Policy Systems and Elite Sporting Success. – Meyer & Meyer Sport, 210–225-bet.
2. Houlihan B., Zheng J. (2013). The Olympics and Elite Sport Policy: Where Will It All End? – International Journal of Sport Policy, 98–110-bet.
3. Bergsgard N.A., Houlihan B., Mangset P., Nødland S.I., Rommetvedt H. (2007). Sport Policy: A Comparative Analysis of Stability and Change. – Butterworth-Heinemann, 120–135-bet.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi qarori. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2021). Ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi.