Abstract
Ushbu tezisda bugungi kunda sogʻliqni saqlash tizimidagi eng dolzarb muammolardan biri boʻlgan korrupsion omillar va unga qarshi kurashishda kadrlar siyosatini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada sohani raqamlashtirish, xususan, “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron retsept” kabi axborot tizimlarining joriy etilishi inson omilini kamaytirish va shaffoflikni taʼminlashdagi ahamiyati asoslab berilgan.
Tadqiqotda kadrlar boshqaruvining zamonaviy mexanizmlari, jumladan, vacancy.argos.uz va hrm.argos.uz platformalarining ishlash prinsiplari hamda ularning davlat tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilish jarayonidagi oʻrni koʻrib chiqilgan. Shuningdek, tizimda saqlanib qolayotgan korrupsion xavflar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar, jumladan, tibbiyot xodimlari uchun majburiy e-tanlov tizimini joriy etish, mustaqil nazorat organi tashkil qilish va tibbiyot xodimi litsenziyasini raqamlashtirish kabi chora-tadbirlar ilgari surilgan.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi. (1994). Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453;
2. Oʻzbekiston Respublikasi. (2017). Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun (OʻRQ-419-son, 3-yanvar 2017-yil). https://lex.uz/docs/3088008;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 492-son “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/3272103;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 570-son “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/5031048;
5. Umarova F. S., Norqulova F. F. Oʻzbekistonda tibbiyot sohasidagi korrupsiya va uni oldini olish yoʻllari // Yangi Oʻzbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali. – 2025. – 3-jild, 8-son. – B. 569-571
6. Юридик энциклопедия . – Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 258;