Abstract
Mazkur tadqiqotda Chenopodiaceae oilasiga mansub Atriplex pratovii o‘simligining in vitro sharoitda ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, uning kimyoviy tarkibi va biologik faolligi kompleks tarzda o‘rganildi. O‘simlik namunalarida umumiy oqsil miqdori Kjeldahl usuli yordamida, eruvchan oqsillar esa Lowry usuli orqali aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, umumiy oqsil miqdori 13,12% ni, eruvchan oqsillar esa 0,065% ni tashkil etdi. O‘simlik tarkibidagi suvda eriydigan vitaminlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YSSX) usuli yordamida aniqlanib, B6 (0,234 mkg/g), B9 (1,331 mkg/g), B2 (0,319 mkg/g) va C (0,054 mkg/g) vitaminlari mavjudligi qayd etildi. Uglevodlar tarkibi ham YSSX yordamida o‘rganilib, fruktoza (1,17%), glyukoza (0,81%) va saxaroza (0,31%) miqdorlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari Atriplex pratovii o‘simligining yuqori biologik qiymatga ega ekanligini, uning sho‘rlangan hududlarga moslashganligini hamda oziqaviy va farmakologik jihatdan istiqbolli xomashyo ekanligini ko‘rsatdi. In vitro ko‘paytirish texnologiyasi esa o‘simlikni tez ko‘paytirish va genofondini saqlashda samarali usul sifatida baholandi
References
1. Azimov A.A., Karimov B.T. O‘simliklar biokimyosi. – Toshkent: Fan, 2018. – 256 b.
2. Ergashev A., Yuldashev M. O‘simliklar fiziologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 312 b.
3. Smith A.M., Jones P.R. Plant Biochemistry and Molecular Biology. – New York: Springer, 2017. – 420 p.
4. Snyder L.R., Kirkland J.J., Dolan J.W. Introduction to Modern Liquid Chromatography. – New York: Wiley, 2010. – 912 p.
5. Flowers T.J., Colmer T.D. Salinity tolerance in halophytes // New Phytologist. – 2008. – Vol. 179. – P. 945–963.