Abstract
Maqolada buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy merosining zamonaviy o‘quvchilar axloqiy tarbiyasini takomillashtirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Navoiy asarlarida ifodalangan so‘zga ehtirom, adolat, halollik, mehnatsevarlik, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi yuksak axloqiy fazilatlar tahlil qilinib, ularni bugungi ta’lim-tarbiya jarayoniga uyg‘unlashtirish yo‘llari izohlanadi. Shoirning “Mahbub ul-qulub”, “Xamsa”, “Lison ut-tayr” kabi asarlaridagi pand-nasihat, hikoyat va timsollar orqali o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy qarashlarni shakllantirishning pedagogik va ma’rifiy ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, Navoiy ijodining o‘zbek adabiy tilini yuksaltirishdagi roli ham axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rsatilib, so‘z va nutq madaniyatini tarbiyalashda uning g‘oyaviy-estetik qarashlaridan foydalanish istiqbollari yoritiladi
References
1. Alisher Navoiy. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
2. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
3. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. – Toshkent: Sharq, 2000.
4. Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. – Toshkent: Fan, 1991.
5. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. – Toshkent: Sharq, 2001.
6. Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. – Toshkent: Fan, 1992.
7. Abdulla Qodiriy. O‘tgan kunlar. – Toshkent: Sharq, 2005.