Abstract
Mazkur tezisda zamonaviy o‘zbek shoira Zebo Mirzo she’riyatida kontrast badiiy vositasining qo‘llanishi hamda uning obraz va ruhiy kechinmalarni ifodalashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shoira she’rlarida qo‘llanilgan qarama-qarshi tasvirlar, semantik ziddiyatlar va poetik obrazlar tizimi o‘rganildi. Sevgi va ayriliq, umid va iztirob, yorug‘lik va zulmat kabi kontrast tushunchalar orqali lirik qahramon ruhiyatining chuqur ifodalanganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kontrast Zebo Mirzo poetikasida obrazlarning emotsional ta’sirini kuchaytiruvchi hamda badiiy matnning estetik qiymatini oshiruvchi muhim poetik vosita sifatida namoyon bo‘ladi
References
1. Boltaboyev, H. (2022). Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi.
2. Karimov, M. (2023). Zamonaviy o‘zbek ayol shoiralari poetikasi va badiiy tafakkur masalalari. O‘zbek tili va adabiyoti, 3(6), 45–52.
3. Quronov, D. (2019). Adabiyot nazariyasi. Toshkent: Akademnashr.
4. Yo‘ldoshev, N. (2021). Poetik matnda kontrast va antitezaning badiiy funksiyasi. Filologiya masalalari, 4(2), 78–85.
5. Yo‘ldoshev, Q. (2020). Badiiy matn poetikasi. Toshkent: Fan va texnologiya.
6. Mirzo, Z. (2021). Saylanma she’rlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.