Abstract
Mazkur maqolada shaxs ontogenezida madaniy kodlarning tutgan o‘rni hamda ularning o‘smirlik davridagi psixologik rivojlanishga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ontogenez jarayonida shaxsning shakllanishi biologik, ijtimoiy va madaniy omillarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa, o‘smirlik davri shaxsiy identifikatsiya, qadriyatlar tizimi, dunyoqarash va ijtimoiy munosabatlar shakllanishi bilan xarakterlanadi. Mazkur davrda madaniy kodlar — ya’ni milliy an’analar, ijtimoiy qadriyatlar, til, urf-odatlar, ramzlar va madaniy me’yorlar shaxs ongiga chuqur singib boradi hamda o‘smirning ijtimoiy moslashuvi, o‘zini anglash jarayoni va xulq-atvorini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda madaniy kodlarning o‘smirlarning shaxsiy rivojlanishidagi ahamiyati psixologik nazariyalar hamda zamonaviy ilmiy qarashlar asosida yoritiladi
References
1. Vygotskiy L.S. Psixologiya razvitiya cheloveka. – Moskva: Smysl, 2005.
2. Leontyev A.N. Faoliyat, ong va shaxs. – Moskva: Politizdat, 1977.
3. Erikson E. Identity: Youth and Crisis. – New York: Norton, 1968.
4. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2010.
6. G‘oziev E.G‘. Yosh davrlari psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.