Abstract
Ushbu maqolada 10–11 yoshli basketbolchilarda nerv tizimi tipologik xususiyatlari hamda ularning koordinatsion qobiliyatlarga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichida markaziy nerv tizimining funksional holati, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi, muvozanati va harakatchanligi harakat malakalarini o‘zlashtirish tezligi va sifati bilan bevosita bog‘liqdir. Tadqiqot davomida yosh basketbolchilarning nerv tizimi tipologik ko‘rsatkichlari psixofiziologik testlar asosida aniqlanib, ularning muvozanat, fazoviy yo‘nalish, tezkor reaksiya va harakat aniqligi kabi koordinatsion qobiliyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Natijalar nerv tizimi kuchli va harakatchan tipga mansub sportchilarda murakkab koordinatsion harakatlarni tezroq o‘zlashtirish va dinamik vaziyatlarga moslashish ko‘rsatkichlari yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, sust yoki inert tipdagi nerv tizimiga ega sportchilarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish uchun differensial yondashuv zarurligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari mashg‘ulot jarayonini individuallashtirish orqali koordinatsion tayyorgarlik samaradorligini oshirish mumkinligini tasdiqlaydi
References
1. Abdullaeva A. Sport trenirovkasi nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nashriyoti, 2021.
2. Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va uslubiyoti. – Toshkent: O‘zDJTSU nashriyoti, 2018.
3. Nuriddinov I., Sharipov B. Sportchilarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishning yoshga xos xususiyatlari. // “Jismoniy tarbiya va sport” ilmiy-uslubiy jurnali, 2020, №3.
4. Soliyeva D.A. Koordinatsion qobiliyatlarning psixofiziologik mexanizmlari. – Namangan: NamDU nashriyoti, 2023.
5. Usmonxo‘jayev T.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017.
6. Bernshteyn N.A. Fiziologiya dvizheniy i aktivnost’. – Moskva: Nauka, 1990.
7. Ilyin E.P. Psixofiziologiya sostoyaniy cheloveka. – Sankt-Peterburg: Piter, 2005.
8. Schmidt R.A., Lee T.D. Motor Control and Learning: A Behavioral Emphasis. – Champaign, IL: Human Kinetics, 2019.