Abstract
20- yuz yillik boshlarida Buxoro amirligi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz jarayonini boshdan kechirayotgan edi. Ichki boshqaruv tizimining eskirganligi, soliq va moliya tizimidagi bazi adolatsizliklar, sud-huquq sohasidagi muammolar hamda tashqi siyosatda Rossiya imperiyasiga qaramlikning kuchayishi jamiyatda islohotlarga ehtiyojni yanada keskinlashtirdi. 1917-yil voqealari, xususan, Rossiyadagi Fevral inqilobi mintaqadagi siyosiy vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Ana shunday murakkab sharoitda amir Amir Said Olimxon tomonidan islohotlar farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmon amirlikda ma’muriy boshqaruvni takomillashtirish, sud va moliya tizimini tartibga solish hamda ayrim ijtimoiy yengilliklar joriy etishni nazarda tutgan edi. Biroq ushbu hujjatning mazmuni, uning siyosiy mohiyati va amaliy natijalari tarixshunoslikda turlicha baholanadi.