Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tili korpusida nomlovchi birliklarni aniqlash (Named Entity Recognition — NER) jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan algoritmning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqotda ishlab chiqilgan NER instrumentariysi o‘zbek tilining morfologik, sintaktik va semantik tuzilishiga moslashtirilgan bo‘lib, u korpus lingvistikasi hamda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) yo‘nalishlari kesishmasida yaratilgan innovatsion yechim sifatida baholanadi. Mazkur instrumentariy avtomatik teglash, so‘z turkumini aniqlash, matnni BIOES formatida belgilash, foydalanuvchi interfeysi orqali natijalarni tahrirlash kabi funksional imkoniyatlarga ega. Eksperimental tahlillar 2000 dan ortiq annotatsiyalangan matn (26 000 dan ortiq token) asosida amalga oshirilib, algoritmning aniqlik va to‘liqlik ko‘rsatkichlari baholangan. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili korpusini boyitish, milliy til uchun zamonaviy NLP vositalarini yaratish hamda sun’iy intellekt tizimlarida o‘zbek tilini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.References
Mengliev D., Urinboeva N., Sharipov S., Polatova S., Atakhanov M., Khamraeva S., Boltayev N. Assessing the poetry of a text and its emotional content using a hybrid approach // AIP Conference Proceedings. 2024. – № 3244(1).
Abdurakhmonova N., Ismailov A., Mengliev D. Developing NLP Tool for Linguistic Analysis of Turkic Languages // IEEE International Multi-Conference on Engineering, Computer and Information Sciences (SIBIRCON). –Yekaterinburg, 2022. – B.1790-1793.
Mengliev D., Barakhnin V., Abdurakhmonova N., Eshkulov M. Developing named entity recognition algorithms for Uzbek: Dataset insights and implementation // Data in Brief. 2024. – № 54.
Oʻrinboyeva N. Turkiy tillar doirasida nomlovchi birliklarni aniqlashga oid tadqiqotlar tahlili // Academic research in edicational science. 2025. – № 6(1).
Abduraxmonova N., Oʻrinboyeva N. Nomlovchi Birliklarni Aniqlovchi (NER) tizimlar tavsifi // Soʻz sanʼati xalqaro jurnali. 2023. – № 6 (6). – B. 27-32.