Аннотация
Ushbu maqolada davlat byudjeti jarayonida aholi faolligini oshirishning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Aholining byudjet jarayonlariga faol jalb qilinishi davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, qaror qabul qilish sifatini oshirish va moliyaviy javobgarlikni kuchaytirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Maqolada aholi faolligini rag‘batlantirish usullari, jamoatchilik nazoratining samaradorligi va uning byudjet jarayonlariga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, aholining faolligini oshirishga qaratilgan strategiyalar va amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.