Abstract
Ushbu tezisda kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan qobiq chiqindilarini biotexnologik usulda fermentatsiya asosida qayta ishlash imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi — kungaboqar qobig‘ining biologik qiymatini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik samarador ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Fermentatsiya jarayonida lignosellyulozali tuzilma mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, biologik faol moddalar hosil qiladi. Tadqiqot natijalari fermentatsiya orqali ozuqa va oziqaviy qo‘shimchalar ishlab chiqarish istiqbolli yo‘nalish ekanini ko‘rsatdi
References
Xamrakulova M., Turg‘unov O. (2025). Kungaboqar qobig‘idagi suvda eruvchan vitaminlar miqdori va ularning oziq-ovqat hamda ozuqa preparatlarida qo‘llanish imkoniyatlari. Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods, 3(04), 60–67.
Xamrakulova M., Turg‘unov O. (2024). Kungaboqar qobig‘ini qayta ishlash va ekologik samaradorligi: innovatsion yondashuvlar. Web of Discoveries, 2(12), 1–5.
Singh, A., Mishra, S. (2022). Qishloq xo‘jaligi chiqindilarining mikrobiologik fermentatsiya asosida biokonversiyasi. Journal of Biotechnology Research, 10(2), 55–62.
Zhang, L. va boshq. (2021). Lignosellyulozali chiqindilarni biotexnologik usullar orqali qayta ishlash. Bioresource Technology, 342, 125–136.
Khamrakulova M., Turg‘unov O. (2023). Kungaboqar o‘simligining dunyo miqyosidagi ahamiyati. American Journal of Technology and Applied Sciences, 19, 169–171.