Abstract
Mazkur ishda statik sferik simmetrik metrikalarda skalar-tenzor gravitatsiya nazariyasining asosiy tenglamalari ko‘rib chiqilgan. Skalyar maydonning gravitatsion o‘zaro ta’sirda tutgan o‘rni tahlil qilinib, umumiy nisbiylik nazariyasining kengaytirilgan modeli sifatida Brans–Dik tipidagi yondashuvga e’tibor qaratilgan. Natijada, sferik simmetriyaga ega statik yechimlarning xususiyatlari, massaning samarali ta’siri va vaqt fazoviy egilishini ifodalovchi metrik komponentlarning bog‘lanishi o‘rganildi.