Abstract
Ushbu maqolada yashil innovatsiyalarni rivojlantirishning samarali yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yashil texnologiyalar va innovatsiyalarning roli ko‘rib chiqiladi. Maqolada ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish va chiqindilarni kamaytirish kabi asosiy yo‘nalishlar ta’kidlanadi. Shuningdek, yashil innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun davlat siyosati, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik mexanizmlari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyotga o‘tishda innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishga xizmat qiladi