Abstract
Ushbu maqolada kichik biznesning aholini ish bilan ta’minlashdagi ahamiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi roli tahlil qilinadi. Kichik biznesning bandlik darajasini oshirish, mehnat bozorini diversifikatsiyalash va mahalliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashdagi afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kichik biznes faoliyatining muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida fikrlar bildiriladi. Maqola kichik biznesni rivojlantirish orqali ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni kamaytirish imkoniyatlarini yoritadi.