Abstract
Bu tadqiqotda o‘zbek bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari audiokorpus materiallari asosida psixolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tabiiy nutq yozuvlari — oilaviy muloqot, o‘yin jarayonlari va maktabgacha muhitdagi suhbatlardan olingan audio ma’lumotlar asos qilib olindi. Korpus tahlili yordamida bolalar nutqining fonetik, leksik, grammatik va kommunikativ rivojlanish xususiyatlari aniqlanib, ularning kognitiv va psixolingvistik mexanizmlari (diqqat, xotira, semantik kengayish, taxmin qilish) tahlil qilindi. Natijalar o‘zbek bolalar nutqining rivojlanish jarayoni xalqaro modellarga (Brown, Clark, Tomasello) yaqinligini, ammo o‘zbek tili morfologik tizimi tufayli grammatik shakllarning erta shakllanishini ko‘rsatdi. Audiokorpus yondashuvi tabiiy nutqni empirik asosda tahlil qilish imkonini berib, o‘zbek tilida bolalar psixolingvistikasining yangi ilmiy yo‘nalishini shakllantirish uchun asos yaratadi.
References
Tomasello, M. (2003). Constructing a Language: A Usage-Based Theory of Language Acquisition. Harvard University Press.
Clark, E. (2009). First Language Acquisition. Cambridge University Press.
Brown, R. (1973). A First Language: The Early Stages. Harvard University Press.
Oller, D. K. (2000). The Emergence of the Speech Capacity. Lawrence Erlbaum Associates.
Kuperberg, G., & Jaeger, T. (2016). “What do we mean by prediction in language comprehension?” Trends in Cognitive Sciences, 20(7), 498–512.
Bloom, L. (1993). Language Acquisition: Core Issues. MIT Press.
Biber, D., Conrad, S., & Reppen, R. (1998). Corpus Linguistics: Investigating Language Structure and Use. Cambridge University Press.
Vygotsky, L. S. (1986). Thought and Language. MIT Press.
MacWhinney, B. (2000). The CHILDES Project: Tools for Analyzing Talk. Lawrence Erlbaum Associates.
FeruzaSpeech: An Uzbek Speech Corpus (arXiv:2410.00035, 2024).