Abstract
Ushbu maqolada mahalliy budjet jarayonida jamoatchilikning faol ishtirokini baholash tartibi tahlil qilinadi. Jamoatchilikning budjet jarayonlariga jalb qilinishi davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va qaror qabul qilish sifatini yaxshilash uchun muhim omil hisoblanadi. Maqolada ishtirok etishning turli shakllari, baholash mezonlari va indikatorlari ko‘rib chiqiladi hamda ularni samarali qo‘llash usullari tavsiya qilinadi. Shuningdek, jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantirish va uning natijadorligini oshirishga oid takliflar keltiriladi