Abstract
Ushbu ilmiy tezisda iqlim o‘zgarishi sharoitida Buxoro viloyati cho‘l ekotizimlarining degradatsiya darajasi, uni shakllantiruvchi tabiiy va antropogen omillar hamda ekologik tiklash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda cho‘l landshaftlarining qurg‘oqchilik, yuqori harorat, suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, shamol eroziyasi va yaylovlardan ortiqcha foydalanishga sezgirligi asosiy muammo sifatida baholandi. Degradatsiya darajasini aniqlashda vegetatsiya qoplami, tuproq holati, namlik, sho‘rlanish va antropogen yuklama kabi indikatorlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ekologik tiklashning ustuvor yo‘nalishlari sifatida mahalliy o‘simliklarni qayta tiklash, fitomelioratsiya, yaylovlardan rotatsion foydalanish, suv resurslarini tejash va GIS hamda masofadan zondlash texnologiyalariga asoslangan monitoring tizimini rivojlantirish taklif etildi.
References
1. Rakhmatullaev A., Rakhmatullaev S. Environmental Problems of the Bukhara Oasis in Uzbekistan (Central Asia). Journal of Arid Land Studies. 2015. Vol. 25(3). P. 261–264.
2. Kulmatov R., Rasulov A., Kulmatova D., Rozilhodjaev B., Groll M. The Modern Problems of Sustainable Use and Management of Irrigated Lands on the Example of the Bukhara Region (Uzbekistan). Journal of Water Resource and Protection. 2015. Vol. 7. P. 956–971.
3. Land degradation in Uzbekistan: key challenges and sustainable solutions. Frontiers in Sustainable Food Systems. 2025.
4. Karimov E.Q., Kadirova M. Soils and Agroclimatic Conditions of the Bukhara Region, Republic of Uzbekistan. 2026.
5. Atoeva D.O. Linking Ionic Composition to Salinity-Driven Soil Degradation in Arid Agroecosystems of Uzbekistan. American Journal of Biology and Natural Sciences. 2026. Vol. 3(6). P. 79–87.