Abstract
Mazkur tezisda Buxoro viloyatida shakllanadigan kollektor-zovur suvlarining ekologik holati va ulardan qishloq xo‘jaligida oqilona foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hududning qurg‘oqchil iqlimi, sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanganligi hamda tuproqlarning sho‘rlanishga moyilligi kollektor-drenaj suvlarining gidrokimyoviy tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarda Buxoro viloyati kollektor-drenaj suvlarining minerallashuvi ayrim hududlarda 3,8–4,2 g/l ga yetishi aniqlangan [1]. Bunday suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘orishda qo‘llash ikkilamchi sho‘rlanish xavfini kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, biologik tozalash, chuchuk suv bilan aralashtirish, suv-tuz balansini nazorat qilish va sho‘rga chidamli ekinlardan foydalanish orqali ushbu suvlarni qo‘shimcha suv resursi sifatida ishlatish imkoniyati mavjud.
References
1. Kulmatov R., Mirzaev J., Abduganiev O., Rajabov O. The Modern Problems of Sustainable Use and Management of Irrigated Lands on the Example of the Bukhara Region (Uzbekistan). Journal of Water Resource and Protection. 2015. Vol. 7. P. 956–971.
2. Khamidov M.H., Zhuraev U.A. The reduction of mineralization of collector and drainage waters by biological method and their use in irrigated farming. 2020.
3. Jurayev U.A., Balla D., Khamidov M.H., Hamidov A. Improvement of drainage water quality through biological methods: a case study in the Bukhara region of Uzbekistan. European Science Review. 2016. №9–10.
4. Toshbekov N.A., Xalimova Z.A., Sobirov U.N. Possibilities of Using Collector Waters in Irrigated Agriculture. International Journal of Artificial Intelligence. 2025. Vol. 5, Issue 2. P. 1003–1007.
5. Sharopova Sh.R., Nurillayeva G.U. Identification of Phytoplankton in Drainage Waters of Bukhara Region. Universal International Scientific Journal. 2026.