Abstract
Mazkur tadqiqotda soxta kashtan va chilonjiyda xomashyosi tarkibidagi yog‘ kislotalaridan olinadigan biosirt-faol moddalarning neftni siqib chiqarish jarayonidagi samaradorligi tadqiq etiladi. Neft konlarini ishlatishning ikkilamchi va uchlamchi usullarida qatlamdan qo‘shimcha neft olishni ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda suv-neft chegarasidagi fazalararo taranglikni kamaytirish, jinsning namlanish xususiyatlarini o‘zgartirish va kapillyar kuchlarni pasaytirish orqali qoldiq neftni harakatga keltirish mumkin. Tadqiqotda soxta kashtan va chilonjiyda yog‘ kislotalari asosida biosirt-faol moddalar olish, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda suv-neft tizimidagi fazalararo taranglikka ta’sirini baholash masalalari ko‘rib chiqiladi. Biosirt-faol moddalarning konsentratsiyasi, eritma muhiti, harorat va mineralizatsiyaning fazalararo taranglikka ta’siri tahlil qilinadi.
References
1. Sheng J.J. Modern Chemical Enhanced Oil Recovery: Theory and Practice. – Gulf Professional Publishing, 2011.
2. Rosen M.J., Kunjappu J.T. Surfactants and Interfacial Phenomena. – 4th ed. Wiley, 2012.
3. Myers D. Surfactant Science and Technology. – 3rd ed. Wiley-Interscience, 2005.
4. Holmberg K., Jönsson B., Kronberg B., Lindman B. Surfactants and Polymers in Aqueous Solution. – Wiley, 2003.
5. Schramm L.L. Surfactants: Fundamentals and Applications in the Petroleum Industry. – Cambridge University Press, 2000.
6. Zaitoun A., Kohler N. The role of surfactants in enhanced oil recovery. – SPE-related technical literature.
7. Ахмедов К.С. Поверхностно-активные вещества и их применение в нефтяной промышленности. – Ташкент.
8. Abidov A.A. Neft va gaz konlarini ishlatish asoslari. – Toshkent.