Abstract
Bank xizmatlari bozorida raqobatning kuchayishi, raqamli bank xizmatlarining kengayishi, mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talablarining o‘zgarishi va fintech kompaniyalarning bank sektoriga kirib kelishi tijorat banklaridan yangi raqobat strategiyalarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Tadqiqotda tijorat banklarining raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy omillar, jumladan, xizmatlar sifati, narx siyosati, raqamlashtirish, innovatsiyalar, mijozlarga yo‘naltirilganlik, moliyaviy barqarorlik va inson kapitali tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida tijorat banklari uchun raqobat strategiyasining integratsiyalashgan modeli taklif etilib, uning asosiy elementlari sifatida raqamli transformatsiya, mijozlar segmentatsiyasi, mahsulot diversifikatsiyasi, xizmatlar personalizatsiyasi, xarajatlar samaradorligi va ishonchga asoslangan bank brendini rivojlantirish belgilangan.
References
1. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2017. – 732 b.
2. Abdullayeva Sh.Z., Azizov U.O‘. Bank ishi. 1-qism. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2019. – 540 b.
3. Abdullayeva Sh.Z., Azizov U.O‘. Bank ishi. 2-qism. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2019. – 536 b.
4. Porter M.E. Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors. – New York: Free Press, 1980.
5. Porter M.E. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. – New York: Free Press, 1985.
6. Kotler P., Keller K.L. Marketing Management. – Pearson, 2016.
7. Mishkin F.S. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. – Pearson, 2022.
8. Gomber P., Koch J.A., Siering M. Digital Finance and FinTech: Current Research and Future Research Directions. // Journal of Business Economics. – 2017. – Vol. 87. – P. 537–580.