Abstract
Ushbu tezisda mahalliy o‘simlik moylari asosida ekologik xavfsiz moylovchi kompozitsiyalar olishning ilmiy va texnologik asoslari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mahalliy xom ashyolardan foydalanib, yuqori moylash qobiliyatiga ega, oksidlanish va termik ta’sirlarga nisbatan barqaror bo‘lgan kompozitsiyalar yaratishdan iborat. Bazaviy komponent sifatida paxta chigiti moyi va boshqa o‘simlik moylaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Moylarning yog‘ kislotalari tarkibi, kislota soni, qovushqoqligi va oksidlanish barqarorligi moylovchi materiallarning asosiy sifat ko‘rsatkichlari sifatida baholandi. Mahalliy moylarni kimyoviy modifikatsiyalash va funksional qo‘shimchalar bilan kompozitsiyalash orqali ularning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash imkoniyati asoslandi
References
1. Xamidov D.G‘. Mahalliy chiqindilardan plastik surkov materiallari uchun asos moyini olish texnologiyasi. PhD dissertatsiyasi. – Buxoro: Buxoro davlat texnika universiteti, 2025.
2. Hotamov Q.Sh. Navbahor bentoniti yordamida ishlatilgan gidravlik moyni regeneratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish. PhD dissertatsiyasi. – Buxoro: Buxoro davlat texnika universiteti, 2025.
3. Rabbimov J.Sh. Mahalliy xomashyolardan dizel yoqilg‘ilari setan sonini oshiruvchi prisadkalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish. PhD dissertatsiyasi. – Buxoro: Buxoro davlat texnika universiteti, 2025.
4. Buxoro davlat texnika universiteti. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlari. – Buxoro: BDTU.
5. Buxoro davlat texnika universiteti. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va yog‘-moy texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-uslubiy materiallar. – Buxoro: BDTU.