Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekistonda uchraydigan nodir va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi umurtqali hayvonlar genofondini saqlashda zoologiya muzeylari hamda qo‘riqxonalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Zoologiya muzeylarida saqlanadigan zoologik, osteologik va boshqa kolleksiya materiallari biologik xilma-xillikning tarixiy holatini hujjatlashtirish, turlarni identifikatsiya qilish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim manba hisoblanadi. Qo‘riqxonalar esa noyob turlarni tabiiy yashash muhitida saqlash, ularning ko‘payishi va tabiiy populyatsiyalarini tiklashga xizmat qiladi. Tadqiqotda ex situ va in situ muhofaza usullarining o‘zaro uyg‘unligi genofondni uzoq muddatli saqlashning muhim sharti ekanligi asoslanadi
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Oltinchi milliy hisobot. Convention on Biological Diversity.
2. O‘zbekiston Respublikasi Zoologiya instituti. Zoologik kolleksiya va noyob hayvon turlarini o‘rganish materiallari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. Hayvonot dunyosi.
4. Norqobilov M. Muzeylarda zoologiya kolleksiyasiga oid muzey ashyolarini restavratsiya qilish masalalari. Modern Science and Research, 2023.
5. Convention on Biological Diversity. Sixth National Report of the Republic of Uzbekistan on the Conservation of Biological Diversity.